Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Aholi maskanlarida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i qamrovi 89,9 foizga yetgan

A A A
Aholi maskanlarida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i qamrovi 89,9 foizga yetgan

Bugungi kunda barcha tarmoqlar va sohalarda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, axborot-kommunikasiya texnologiyalari yutuqlaridan samarali foydalanish natijasida davlat boshqaruvi tizimi to‘liq raqamlashtirilmoqda.

Mamlakatimizda davlat va jamiyat, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni davom ettirish maqsadida 2023 yil uchun mo‘ljallangan davlat dasturida qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ta’lim, tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, sport, aloqa, notarial xizmatlar, iqtisodiy sohalarga oid 573 ta elektron xizmatlar joriy qilingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich jami an’anaviy davlat xizmatlari soniga (774 ta)ga nisbatan 74 foizni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, IT-Park rezidentlari soni yil boshidan 378 taga oshib, 1500 tani tashkil etgan, jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 56 taga oshib, 221 taga yetgan. Kompyuter dasturlash va autsorsing xizmatlari hajmi esa 6,8 trillion so‘mga, ularning eksporti hajmi 220 million dollarga yetkazilgan.

Respublika aholi yashash punktlarini telekommunikasiya xizmatlari bilan qamrab olish maqsadida 61 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 231 ming kmga yetkazilgan. Natijada aholi yashash maskanlarida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i qamrovi 89,9 foizni tashkil etgan. Aholi yashash maskanlarining keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrov darajasi 99 foizga, xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrov darajasi esa 80 foizga yetgan.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida aytib o‘tildi. Unda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining raqamlashtirish yo‘nalishidagi bandlari ijrosini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlari yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligining axboroti eshitildi.

Muhokamalar davomida deputatlar Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanganini e’tirof etgan holda, sohaga oid ayrim masalalarga alohida e’tibor qaratdilar, qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kiritildi: 21:15 29.12.2023. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!