Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ahmad ash-Sharaa Trampning maxsus vakilini qabul qildi

Ahmad ash-Sharaa Trampning maxsus vakilini qabul qildi

AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barrak Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan muzokaralar o‘tkazdi. U yagona va birlashgan Suriyani barpo etish maqsadi ustuvor ekanini ta’kidladi.

Halabdagi so‘nggi voqealarga izoh berar ekan, Barrak barcha tomonlarni 2025 yil 10 mart va 1 aprel kunlari imzolangan kelishuvlar doirasida muloqotga qaytishga chaqirdi.

🗣 «Davlat kotibi Rubio jamoasi Suriya hukumati va SDF o‘rtasida konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga tayyor. Bu integrasiya jarayoni Suriyaning yaxlitligini hurmat qilishi, yagona suveren davlat tamoyilini qo‘llab-quvvatlashi va yagona, qonuniy milliy qurolli kuchlarni shakllantirish maqsadiga xizmat qilishi lozim», — dedi Barrak.

Uning ta’kidlashicha, asosiy maqsad o‘zgarishsiz qolmoqda — bu o‘z ichida tinch-totuv yashaydigan, qo‘shnilari bilan osoyishta munosabatda bo‘lgan, barcha fuqarolari uchun tenglik, adolat va imkoniyatlar ta’minlangan suveren va birlashgan Suriyani barpo etishdir.

Kiritildi: Bugun 08:22. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!