«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messining JCH-2026da ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Agar Messi o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishda davom etsa, u albatta Jahon chempionatida yana o‘ynaydi. Balki odatdagidek kuchi bilan emas, lekin u jarima zarbasidan gol ura oladi yoki golli uzatmani amalga oshira oladi», - dedi Aguero.
2024 yilda Messi klub miqyosida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda qatnashib, 22 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining «Inter Mayami» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.