Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Agrobank xodimi o‘zini 4-qavatdan tashlab vafot etgani rotsmi?

A A A
Agrobank xodimi o‘zini 4-qavatdan tashlab vafot etgani rotsmi?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Agrobank xodimi o‘zini 4-qavatdan tashlab vafot etdi» sarlavhasi bilan tarqalgan xabarlar yuzasidan «Agrobank» ATB Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 28 iyul kuni soat taxminan 11:00 larda Agrobankning Namangan viloyati Hududiy filiali menejeri M.A. ismli fuqaro Namangan shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining yuqori qavatidan tushib ketgan. Hodisadan so‘ng M.A. Respublika ko‘p tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filialiga yetkazilgan va zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilgan. Bemor hozirda mazkur tibbiyot muassasasi shifokorlari nazorati ostida bo‘lib turibdi.

Yuqoridagi hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgan bo‘lib, bu bo‘yicha kelgusida qo‘shimcha axborot beriladi.

Agrobank barcha fuqarolardan, shu jumladan, ijtimoiy tarmoq faollaridan hodisa sabablari to‘liq o‘rganilmagunga qadar, tekshirilmagan axborotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qoladi.

Kiritildi: 15:59 29.07.2024. O'qildi: 2080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!