Qishloq xo‘jaligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Toshkent davlat agrar universiteti isloh qilinmoqda.
Islohot "qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlarida malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash maqsadida" amalga oshirilmoqda deyiladi 19 avgustda imzolangan prezident qarorida.
Agrar universitetining ustuvor yo‘nalishi etib qishloq xo‘jaligida innovasion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, “aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarnijoriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash belgilandi.
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
Bunda ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qishhamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilandi.
Universitet va uning filiallari professor-o‘qituvchilari o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-metodik ishlardan tashqari vazirlik hamda idoralarning boshqa ishlariga jalb etilmaydi.
Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi.
Universitet qoshidagi Qibray akademik liseyi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integrasiyalashgan oliy maktablar tashkil etiladi.
2020 yil 1 avgustga qadar oliy maktablarni tamomlagan bitiruvchilar uchun bakalavriatning 3 yillik maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
Agrosanoat majmuini rahbar kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Universitetda “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishida zaxira kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yiladi.
Universitet va uning filiallarida kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball to‘plagan abituriyentlar uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini ikki baravarga kamaytiriladi.
Oliy maktabda:
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, tashabbuskorlar mablag‘lari hisobiga Universitet va uning filiallarida “Kichik innovasion korxona”larni tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Universitet 2025 yilga qadar dunyoning nufuzli1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishi kerak.
Universitetning 5411500 – O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit tizimini joriy qilinadi.
Tajriba-sinov tariqasida Agrobiologiya fakultetini Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi.