Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Agrar sohani rivojlantirishda Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilinmoqda

Agrar sohani rivojlantirishda Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilinmoqda

Bugun taraqqiyot shiddat bilan rivojlanmoqda. Boisi ilm-fan yutug‘i bo‘lgan ilg‘or texnologiyalar va innovasiyalar borgan sari hayotimizni qamrab olyapti.

Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda barcha sohalarda yuksak natijalar qayd etilmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligida ham. Mamlakatimiz agrar sohasini rivojlantirishda ham xorijning ilg‘or texnologiyalari va tajribalarini tatbiq etish o‘zining ijobiy natijasini berishi shubhasiz.

Binobarin, bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazida "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish" sarlavhasi ostida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash meva-sabzavotchilikda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, Koreyaning qishloq xo‘jaligi tajribasi asosida ekinlarini virus va bakteriyalardan to‘g‘ri himoya qilish, agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish hamda aqlli issiqxonalarni boshqarish borasida ma’lumotlar berilmoqda.

Kiritildi: 16:39 23.07.2024. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!