Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Agar Xitoy ruxsat bermasa, butun dunyodan izolyasiya qilinadi — AQSh

A A A
Agar Xitoy ruxsat bermasa, butun dunyodan izolyasiya qilinadi — AQSh

Agar koronavirus paydo bo‘lishi sabablari va sharoitlarini o‘rganishga ruxsat berilmasa, Xitoy izolyasiya qilinishi mumkin. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoyga "qattiq tanlov" bilan murojaat qilish uchun "siyosiy va diplomatik bosim o‘tkazmoqda": yoki Xitoy hukumati xalqaro ekspertlarga koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha mustaqil izlanish olib borishlariga imkon beradi yoki xalqaro hamjamiyatdan chetlashtiriladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden G7 sammitidan keyin so‘zlarkan, koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida hali ham yakuniy xulosalar yo‘qligini aytgan edi.

Kiritildi: 09:05 21.06.2021. O'qildi: 3867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!