Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Yevroittifoq yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor

Agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Yevroittifoq yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor

Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius fikr bildirdi.

"Vaqt o‘tmoqda, kun yakunigacha hali 12 soat vaqt bor, agar shu vaqtgacha o‘t ochish to‘xtatilmasa, Yevropa tomoni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlashga kirishadi", — deya ma’lum qildi Kornelius matbuot anjumanida.

Avvalroq bir qator Yevropa davlatlari yetakchilari, jumladan, Germaniya kansleri Fridrix Mers har qanday muzokaralar faqat o‘t ochish to‘xtatilganidan so‘ng boshlanishi mumkinligini aytgan edi.

Kiritildi: 18:18 12.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!