Qatarga tashrifi davomida Qo‘shma Shtatlar prezidenti amirlikdagi al-Udeyd harbiy bazasiga yetib keldi. Tramp o‘z chiqishida G‘azo bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.
"Menda G‘azo uchun juda yaxshi g‘oyalar bor: uni “freedom zone” — ya’ni erkinlik zonasiga aylantirish. AQSh bu ishga aralashib, G‘azoni shunchaki erkin hududga aylantirishi kerak. Menda havo suratlari bor — deyarli birorta bino butun qolmagan. Bu yerda siz biror narsani saqlab qolishga urinyapsiz deyish ham qiyin. Agar zarurat bo‘lsa, AQSh bu hududni o‘z nazoratiga olsa, uni egallasa va erkinlik zonasi qilsa, men bundan faxrlanardim", — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda Al Jazeera.