— Assalomu alaykum. Alloh nasib qilsa yaqinda jiyanli bo‘laman. Hozir ism tanlayapmiz. Va Afruza ismida to‘xtaldik. Lekin ko‘pchilik bu ism ramazon oyida tug‘ilgan qizlarga qo‘yiladi, boshqa oyda tug‘ilganlarga qo‘yib bo‘lmaydi, deyishyapti. Haqiqatdan ham shundaymi?
Yana qanaqa ismlar tavsiya qila olasiz? Oldindan rahmat.
— Afro‘za forscha ism bo‘lib, ravshan, munavvar, shu’lador, yorqin; kuydiruvchi, otashli, issiq taratuvchi, zebo va o‘ta maftunkor qiz degan ma’nolarni anglatadi. Binobarin bu ismning Ramazonga aloqasi yo‘q! Ma’nosiga qaraganda bu ismni qo‘ymagan afzal.
Buning o‘rniga kunimizda urf bo‘lgan Oisha, Xadicha, Sumayya, Sofiya, Sakina, Soliha kabi ismlarni qo‘ygan ma’qul.
Alloh yanada biluvchiroq.