Dunyo bo‘ylab fillar soni kamayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining 2016 yilgi hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 25 yil ichida Afrika fillari soni keskin kamaygan.
Fillar sonining kamayib ketishining asosiy sababi brakonyerlikning kuchayishi (asosan fil suyagi uchun), shuningdek, inson faoliyati tufayli hayvonlarning tabiiy yashash joylarining yomonlashishi edi.
Ayni paytda, janubiy Afrikada fillar soni sezilarli darajada ko‘paydi, bu mintaqa ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.