Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afrika shimoli—sharqi orqali Eron janubiga issiq va quruq havo oqimi yaqinlashmoqda

Afrika shimoli—sharqi orqali Eron janubiga issiq va quruq havo oqimi yaqinlashmoqda

O‘tgan hafta so‘ngida Isroilda havo harorati maksimumi +50°S gacha ko‘tarilgani ma’lum qilingan edi.

18 iyun kuni Fors qo‘ltiqbo‘yi mamlakatlari, Iroq janubi va Eron janubi—g‘arbida havo harorati +51°S gacha qiziydi.

Keyinroq, mazkur jazirama issiq havo to‘lqini Eron janubi, Pokiston katta qismi va hatto Hindiston shimoli Himolay tog‘ etaklarida ham haroratni +46°S gacha isib ketishini ta’minlashi mumkin.

Himolay tog‘ etaklarida uzoq muddat qurg‘oqchilik va davomli yuqori jaziramalar aholisi hanus an’anaviy usullar bilan qishloq xo‘jaligini yuritadigan agrar mamlakat Hindiston uchun salbiy oqibatlar olib kelishi yanada oydinlashmoqda.

El—Ninyo bizning mintaqada qishloq xo‘jalik sektorida biroz ijobiy vaziyatni berayotgan bo‘lsa, Hindiston va Pokiston agrar sektorida joriy yil vaziyat u qadar barqaror emas. Keyingi yil esa buning aksi bo‘lishi mumkin.

Doim ta’kidlab o‘tganimdek, O‘zbekiston janub mamlakatlar bilan quruqlik yo‘li orqali logistik yuk tashilmalar imkoniyatlarini kengaytirib, agrar sektor mahsulotlarini ayirboshlashni kuchaytirishi kerak.

Joriy yil esa biz uchun ko‘p turdagi oziq—ovqat mahsulotlarni eksport qilish uchun ajoyib imkoniyatlar ochilmoqda. Mas’ul tuzilmalar bu vaziyatni e’tibordan qochirmaydilar degan umiddaman.

Kiritildi: 08:10 17.06.2024. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!