Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AFP: Ukrainadagi shimoliy koreyalik harbiy asirlar o‘zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ramoqda

AFP: Ukrainadagi shimoliy koreyalik harbiy asirlar o‘zlarini Janubiy Koreyaga topshirishni so‘ramoqda

Nashrga ko‘ra, shimollik koreyslarning ushbu iltimosi Janubiy Koreyaning Gyeore-eol Nation United tashkiloti huquq himoyachilari tomonidan tayyorlanayotgan hujjatli film uchun berilgan intervyu chog‘ida bildirilgan. Suhbat 28 oktyabr kuni Kiyevda yozib olingan. U yerda Rossiya Qurolli kuchlari tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etgan va asirga tushgan KXDRning ikki nafar harbiysi saqlanmoqda.

Xabar qilinishicha, harbiy asirlardan biri fevral oyida ham mamlakat rasmiylaridan biri tashrif buyurganida, Janubiy Koreyada borishga ruxsat so‘ragan.

Janubiy Koreya va G‘arb maxsus xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Shimoliy Koreyaning 10 mingga yaqin askari Rossiyaga yordam berish maqsadida Ukrainadagi urushga yuborilgan. Janubiy Koreya razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari odatda asirga tushmaslik uchun o‘zini o‘ldirish buyrug‘ini oladi, ular yarador bo‘lgan taqdirda, granatalar yordamida o‘zini portlatadi.

Kiritildi: 14:31 02.11.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!