Afinada Iqlim Inqirozi va Fuqarolik Mudofaa Vazirligi oldidagi namoyish chog‘ida yuz bergan to‘qnashuvda 12 polisiya xodimi va 2 o‘t o‘chiruvchi tan jarohati oldi.
Bu haqda Afina Makedoniya axborot agentligi (ANA-MPA) xabar berdi.
To‘qnashuv chog‘ida polisiya kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, o‘t o‘chiruvchilar esa huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata turli buyumlar uloqtirgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, natijada 12 nafar xodim jarohatlangan. Panxellenik kontraktli o‘t o‘chiruvchilar assotsiatsiyasi prezidenti Aleksis Psaropulosning aytishicha, ikki o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan va davolanish uchun shifoxonalarga yetkazilgan.
To‘qnashuvlar chog‘ida qo‘lga olingan 4 kishi ham polisiya qarorgohiga olib ketildi.