Yangi qoidaga ko‘ra, yonida smartfoni borligi aniqlangan o‘qituvchilar va ta’lim sohasi xodimlari ishdan bo‘shatiladi. Bu haqda Afghanistan International nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, 13 iyundan boshlab o‘qituvchilar va barcha ta’lim xodimlari uchun mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanganini ma’lum qilgan.
Ularning aytishicha, “Tolibon” vakillari smartfoni bor shaxslar sudga topshirilishi, telefonlari esa sindirib tashlanishini aytgan. Shuningdek, bu shaxslar egallab turgan lavozimidan ozod etilishi ham mumkin.
O‘tgan hafta “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda buyruq chiqarib, harakat vakillari va hukumat xodimlari uchun smartfonlardan foydalanishni taqiqlagandi. Harbiy sudlarga yuborilgan ko‘rsatmada aytilishicha, ushbu qoidani buzganlar “jinoyatchi” hisoblanadi.
Ularga jazo berish uchun ishlari harbiy sudlarga oshiriladi. Taqiq ortidan harakat a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z smartfonlarini urib sindirayotgani aks etgan videolarni joyladi.