Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Afg‘onistonda “O‘zbekiston islom harakati” yetakchisi o‘ldirildi

Afg‘onistonda “O‘zbekiston islom harakati” yetakchisi o‘ldirildi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “O‘zbekiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Aziz Yo‘ldoshni yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlarining (ANSF) xatti-harakatlari natijasida Faryob provinsiyasi Gormach tumanida Aziz Yo‘ldosh, “O‘zbekiston islom harakati”* yetakchisi, o‘ldirildi, uning o‘g‘li Hikmat yaralandi. Aziz Yo‘ldosh shimoliy provinsiyalarda afg‘onlarning ommaviy o‘ldirilishiga va terrorchilik hujumlarga aloqador”, - deyilgan xabarda.

Joriy yil iyul oyida Rossiya FXX tomonidan Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda taqiqlangan "O‘zbekiston islom harakati" terroristik uyushmasining 22 nafar a’zosi qo‘lga olingan edi. Yacheyka a’zolari teraktlarga da’vat qilib, yollash va jangovar zonalarga o‘tkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:14 12.11.2020. O'qildi: 6826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!