Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Afg‘onistonda portlash sodir etildi

A A A
Afg‘onistonda portlash sodir etildi

Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida madrasada portlash yuz berdi, kamida 10 kishi jarohat oldi, dedi mahalliy aholi vakili RIA Novostiga.

Portlash Rodat tumanida tunda yuz bergan. Manbada aytilishicha, portlash qo‘lbola portlovchi qurilma orqali sodir etilgan. Jarohat olganlardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Nangarxar polisiyasining ma’lum qilishicha, portlashdan sakkiz kishi jabrlangan. Hozircha birorta ham guruh portlash bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga olgani yo‘q, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 15:11 02.07.2022. O'qildi: 3507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!