Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Afg‘oniston orqali yuk tashayotgan o‘zbekistonliklar uchun yo‘l xarajatlari arzonlashadi

Afg‘oniston orqali yuk tashayotgan o‘zbekistonliklar uchun yo‘l xarajatlari arzonlashadi

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan yuk tashuvchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

O‘zbekiston Transport vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinasidan Afg‘oniston hududiga kirish uchun olinadigan yig‘im 3,5 ming afg‘oniygacha (taxminan 53 dollar) pasaytiriladi. Hozirgacha bu 5 ming afg‘oniy (76 dollar) atrofida edi.

Bundan tashqari, Amudaryo orqali o‘tuvchi “Do‘stlik” ko‘prigida yo‘l haqi 12 ming afg‘oniy (182 dollar)dan 7 ming afg‘oniy (106 dollar)ga tushiriladi.

Shu tariqa, Afg‘onistonga yuk olib o‘tayotgan yoki tranzit orqali o‘tayotgan o‘zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilari jami 6,5 ming afg‘oniy (99 dollar)ni tejaydi.

Kiritildi: 23:00 21.10.2024. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!