Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Afg‘oniston noyabr oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha muzokara boshlamoqchi

Afg‘oniston noyabr oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha muzokara boshlamoqchi

Afg‘oniston futbol federasiyasi prezidenti Muhammad Yusuf Kargar milliy terma jamoa noyabr oyida Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni istashini ma’lum qildi.

«Biz noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashni xohlardik. Hozircha rejamizda o‘rtoqlik uchrashuvlari yo‘q, shuning uchun raqib izlash bilan faol shug‘ullanyapmiz.

Texnik departamentimiz Afg‘onistonda futbolni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Rossiya futbol ittifoqi bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Biz tajriba almashamiz va rossiyalik hamkasblarimiz bilan yaxshi munosabatlarni saqlab kelmoqdamiz.

Noyabr oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish imkoniyati mavjud. Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borishni rejalashtiryapmiz va ushbu uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilamiz.

Uchrashuv o‘tkaziladigan joyga kelsak, Rossiyaga borishdan yoki betaraf maydonda o‘ynashdan mamnun bo‘lamiz. Chunki hozirgi vaqtda Afg‘oniston hududida xalqaro uchrashuvlarni tashkil etish qiyinchilik tug‘dirmoqda», — dedi Kargar Sport24 muxbiri Vladislav Shapiroga bergan intervyusida.

Kiritildi: 20:42 12.10.2026. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!