Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Afg‘oniston dalalariga chigirtkalar hujum qildi

Afg‘oniston dalalariga chigirtkalar hujum qildi

Afg‘onistonning Hirot va Tahor viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi dalalariga chigirtkalar hujum qildi. Bu haqda Atlas Press xabar berdi.

Hirotning Keshk Rabatsangi tumani aholisiga ko‘ra, 20 dan ortiq qishloqqa chigirtkalar bostirib kirgan. Aholi dalalaridan xavotirda ekanliklarini aytmoqda. “Tolibon” chigirtkalar hujumini tasdiqlab, ularga qarshi kampaniya boshlaganini ma’lum qilgan.

Tahor viloyatidagi dehqonlar va aholi millionlab chigirtkalar qishloq xo‘jaligi ekinlarini vayron qilayotganini ta’kidlagan

Fermerlar “Tolibon” hukumati chigirtkalar barcha ekin maydonlariga zarar yetkazishdan oldin ularga qarshi chora ko‘rishini istaydi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 06:03 24.04.2024. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!