Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Adidas isroillik harbiy ishtiroki sabab tanqid ostida qoldi

A A A
Adidas isroillik harbiy ishtiroki sabab tanqid ostida qoldi

Adidas kompaniyasi yangi reklama kampaniyasida isroillik harbiy xizmatchi Shalev Bitondan foydalangani uchun keskin tanqidga uchradi. «Single Shoe Service» kampaniyasi oyoq-qo‘lidan ayrilgan insonlarga krossovkaning faqat bir donasini yarim narxda sotib olish imkonini beradi.

Biton 2021 yil may oyida Isroilning G‘azo sektoriga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyoti — «Devor qo‘riqchisi» operasiyasi vaqtida oyog‘idan ayrilgan. Ushbu amaliyot davomida yuzlab falastinliklar halok bo‘lgan va fuqarolik infratuzilmasi vayron qilingan.

Tanqidchilar va huquq himoyachilari Adidas’ning reklamada Isroil armiyasi faxriysidan foydalanishi G‘azodagi uzoq yillik mojaro davomida tinch aholining o‘limi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan armiya obrazini «insoniylashtirish»ga xizmat qilayotganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 18:10 06.09.2026. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!