Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Adam Qodirov o‘zining to‘yida million dollarlik soatda ko‘rinish berdi

Adam Qodirov o‘zining to‘yida million dollarlik soatda ko‘rinish berdi

Checheniston rahbarining 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov o‘zining to‘yiga Jacob & Co. kompaniyasining Jacob & Co. Billionaire Ashoka soatini taqqan holda kelgan.

«Kommersant»ning qayd etishicha, Jacob & Co. kompaniyasi Billionaire Ashoka soatlarining bir nechta modifikasiyasini ishlab chiqargan. Darajalariga qarab, ularning narxi 2 mln dollardan 27,7 mln dollargacha o‘zgarib turadi.
Adam Qodirov o‘zining to‘yida million dollarlik soatda ko‘rinish berdi

The Insider nashrining ta’kidlashicha, Adam Qodirov, shuningdek, to‘y paytida o‘tirgan Mercedes-Benz G-Class STRONGER THAN THE 1980s avtomobili ham dunyo bo‘ylab bor-yo‘g‘i 480 dona ishlab chiqarilgan.
Adam Qodirov o‘zining to‘yida million dollarlik soatda ko‘rinish berdi

Eslatib o‘tamiz, Adam Qodirov 28 iyun kuni chechenistonlik senator Sulaymon Geremeevning qiziga uylandi.

Adam Qodirov avvalroq Grozniy tergov izolyatorida Qur’onni yoqqani uchun bezorilikda ayblangan hibsda bo‘lgan Nikita Juravelni kaltaklagani bilan mashhur bo‘lgan edi.

Checheniston rahbarining o‘g‘li ayni paytda xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida va u, «Checheniston Qahramoni» hamdir.

Kiritildi: 16:23 30.06.2025. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!