Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Achchiq danak” filmi yangi talqinda suratga olinadi

A A A
“Achchiq danak” filmi  yangi talqinda suratga olinadi

Bugun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi, birinchi ayol kinorejissyori, ssenarist va multiplikator Qamara Kamolova tavallud topgan kun.

Ijodkorni tabriklash maqsadida Kinematografiya agentligida tadbir uyushtirildi. Tadbirda Agentlik va tizim tashkilotlari, Kinoarboblar uyushmasi rahbar-xodimlari, rejissyorning do‘stlari va shogirdlari ishtirok etishdi. Yig‘ilganlar Qamara Kamolovaning ijodi haqida gapirib, ushbu filmlar kelajak avlod uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi xususida alohida to‘xtalishdi.

Agentlik direktori Firdavs Abduxoliqov rejissyorni tabriklab, muhim tashabbusni ilgari surdi: - “Biz taniqli rejissyorimiz Qamara Shodmonovnaning filmlarini yoshlarga ko‘proq ko‘rsatishimiz va targ‘ib qilishimiz kerak. Yoshlarimiz ustoz ijodkordan filmni suratga olishda eng kichik detallarga ham e’tibor berish kerakligini o‘rganishlari zarur. Men Qamara opa tomonidan, 1975 yilda suratga olingan “Achchiq danak” badiiy filmini yosh kinochilarimiz yangicha talqinda suratga olishlari uchun sharoit yaratishimiz kerak, dep hisoblayman. Buning uchun yosh kinoijodkorlar orasida tanlov e’lon qilib, ularga grant berish taklifini ilgari surmoqchiman. Yosh rejissyorlarimiz tanlovda qatnashib, shu filmning yangicha talqinini suratga olishsa va Qamara opa filmning badiiy rahbari sifatida ular bilan birga ishlasalar, maqsadga muofiq bo‘lar edi. Natijada, biz yangi bir filmga, yoshlar esa katta tajribaga ega bo‘lgan bo‘lar edi. 2025 yil “Achchiq danak” kinokartinasining 50 yilligini nishonlaymiz, yangi talqindagi filmni esa prem’era qilishimiz mumkin bo‘ladi”.

Ushbu taklifni barcha kinoijodkorlar qo‘llab quvvatlab, “Ustoz-shogird ananasi” yoshlarga faqat katta tajriba – maktab bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashdi. Kamara Kamolova ham yoshlarga jon-dili bilan kino sirlarini o‘rgatishini, filmini remeyk usulida suratga olinishidan xursandchiligini bildirib shunday dedi: “ - Mening shiorim – “Yaxshilik, go‘zallik, muhabbat”. Sizlarga ham shuni tilayman!”.

Kiritildi: 16:58 09.12.2023. O'qildi: 1745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!