Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Abu-Dabida AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda

Abu-Dabida AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda

AQSH, Rossiya va Ukraina vakillari 10–11 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvda harbiy harakatlar to‘xtatilganidan keyingi xavfsizlik kafolatlari, keskinlikni kamaytirish va gumanitar masalalar muhokama qilinadi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trumpning maxsus vakili Stiv Vitkoff ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar AQSh vositachiligida ekspertlar darajasida tashkil etiladi. Asosiy maqsad — mojaroni tugatish va barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha kelishuvlarga yo‘l ochish.

Vitkoffning ta’kidlashicha, Vashington kelajak avlodlar uchun uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlaydigan keng qamrovli tinchlik kelishuvini ishlab chiqishga umid qilmoqda.

Reuters agentligi nomi oshkor etilmagan amerikalik rasmiyga tayanib xabar berishicha, muzokaralarda AQSh nomidan Stiv Vitkoff va Jared Kushner ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari ham Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari, urushdan keyingi Yevropa xavfsizlik tizimi hamda Ukrainani tiklashni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan investisiya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev Vitkoffning muzokaralar haqidagi bayonotini olqishladi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Donald Trump va uning jamoasining Ukrainada tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholash lozimligini yozdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa avvalroq Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralarda o‘zaro xavfsizlik kafolatlari masalasi ham ko‘rib chiqilishini bildirgan edi. U muzokaralarga tayyorgarlik harbiy harakatlarni to‘xtatish majburiyatini anglatmasligini ham ta’kidlagan.

Kiritildi: 19:40 03.11.2026. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!