Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanovga yanada qiyin bo‘ladi: «Man Siti» o‘z tarkibiga yana bir kuchli markaziy himoyachi qo‘shib oladi

Abduqodir Husanovga yanada qiyin bo‘ladi: «Man Siti» o‘z tarkibiga yana bir kuchli markaziy himoyachi qo‘shib oladi

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni damda "Manchester Siti" kelasi yozda "burgutlar" bilan shartnomasi yakunlanadigan Gexi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, "shaharliklar" Gexini Jon Stounzning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

"Liverpul" ham qolgan da’vogarlar kabi Gexi uchun kurashni davom ettirmoqda, ammo "Manchester Siti" bor kuchi bilan kelishuvni amalga oshirishga harakat qilmoqda. "Kristal Pelas" himoyachisini tekinga yo‘qotmoqchi emas, "shaharliklar" esa yanvar oyidayoq uning uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor.

Joriy mavsumda 25 yoshli Gexi barcha musobaqalarda 22ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!