Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Abduqodir Husanovga “Chelsi” qiziqish bildirmoqda

Abduqodir Husanovga “Chelsi” qiziqish bildirmoqda

Fransiyaning “Lans” jamoasida to‘p suruvchi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Yevropaning qator klublari nishoniga aylandi.

Husanovga Angliyaning “Chelsi” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” skautlarining faoliyatini yoritib boruvchi Haitham X sahifasi “Chelsi” Abduqodirni kuzatish uchun Fransiyaga o‘z skautlarini jo‘natganini yozgan. Skautlar “Lans”ning “Lill”ga qarshi o‘yinida (26 oktyabr) 20 yoshli himoyachining harakatlarini kuzatadi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Fransiya chempionatida 8-tur yakunlariga ko‘ra ramziy jamoadan o‘rin olgandi.

Qayd etib o‘tish joiz, “Lans” Liga 1 da 14 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:51 25.10.2024. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!