Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov maydonga tushmagan o‘yinda "Man Siti" "Al-Hilol"ga yutqazdi va jahon chempionatini tark etdi

Abduqodir Husanov maydonga tushmagan o‘yinda "Man Siti" "Al-Hilol"ga yutqazdi va jahon chempionatini tark etdi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida katta sensasiya yuz berdi. "Manchester Siti" kutilmaganda "Al-Hilol"ga yutqazib qo‘ydi - 3:4.

Asosiy vatqda jamoalar ikkitadan gol almashdi. Bernardu Silva va Erling Xoland "shaharliklar" safida, Markos Leonardo va Malkom esa riyodliklardan gol urdi.

Qo‘shimcha taymlarda Foden "Siti"ning uchinchi golini kiritgan bo‘lsa, Kulibali va Leonardoning gollari Saudiya grandini keyingi bosqichiga olib chiqdi.

Abduqodir Husanov o‘yinda zaxirada qoldirildi.

Chorak finalda "Al-Hilol" "Fluminense" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 09:02 01.07.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!