«Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov jamoasining keyingi ikkita o‘yinida yordam bera olmaydi.
Fransiya futbol federasiyasi tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi «PSJ»ga qarshi so‘nggi tur o‘yinida (0:1) Ashraf Hakimiyga nisbatan qo‘polligi uchun olgan qizil kartochka sababli 2 uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi.
Shu tariqa, u «Lans»ning bugun «Nant»ga qarshi o‘z maydonida o‘tadigan uchrashuvi va 23 noyabr kuni «Marsel»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Husanov tez orada O‘zbekiston milliy jamoasi safiga qo‘shilib, Qatar va KXDRga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi kutilmoqda.