Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi

A A A
Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Konstitusiyaning 98-moddasiga muvofiq bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi. Shundan kelib chiqib, yaqinda bo‘lib o‘tgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi majlisida prezidentga bosh vazir lavozimiga nomzod taklif etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov nomzodini bosh vazir lavozimiga taqdim etdi.

Shundan so‘ng A.Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Ma’ruzani eshitgach, deputatlar va Senat a’zolari bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzodni ma’qullashdi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, qo‘shma majlisda qatnashayotgan 150 nafar deputatdan 148 nafari, 97 senatordan 94 nafari Abdulla Aripov nomzodini ma’qullab ovoz berdi.

Kiritildi: 17:02 21.01.2020. O'qildi: 2861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!