«Roma» himoyachisi Saud Abdulhamid Yevropa Ligasi 6-turidan o‘rin olgan «Braga»ga (3:0) qarshi o‘yinda Rim klubidagi debyuti to‘pini kiritdi va bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
E’tiborlisi, 25 yoshli o‘yinchi yevrokuboklarda gol urgan birinchi saudiyalikka aylandi.
O‘yindan keyin «Roma» bosh murabbiyi Klaudio Raniyeri osiyolik himoyachini maqtadi: «Saud mashg‘ulotlarda qoyilmaqom ishladi. U super tezlikka ega. Nega unga imkon bermasligim kerak? Bunday futbolchining tarkibda bo‘lishi ajoyib».