Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Abdulaziz Kamilov: Prezident Mirziyoyevning Samarqand tashabbusi global muloqotni shakllantirishga munosib hissa qo‘shadi

Abdulaziz Kamilov: Prezident Mirziyoyevning Samarqand tashabbusi global muloqotni shakllantirishga munosib hissa qo‘shadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili BMT shtab-kvartirasida O‘zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqiga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy kun tartibining eng muhim masalalari bo‘yicha muntazam forumlar o‘tkazish orqali Samarqand tashabbusini amalga oshirish global muloqotni shakllantirishga, kelishilgan yondashuv va yechimlarni izlashga, ishonchni tiklashga va global keskinlikni pasaytirishga munosib hissa qo‘shadi.

Bugun har qachongidan ham ko‘proq ishonch va o‘zaro tushunish, davlatlarning qarama-qarshiliklarni kelishilgan va murosali yondashuvlar asosida hal etish qobiliyati har qachongidan ham muhimdir.

Abdulaziz Kamilovning eslatib o‘tishicha, ana shunday sharoitda O‘zbekiston prezidenti 2022 yilda “ Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surgan edi. Uning mazmun-mohiyati mintaqaviy va global muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

Kiritildi: 19:27 06.12.2023. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!