Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Abdulaziz Kamilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

A A A
Abdulaziz Kamilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi  bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-yilning 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilari missiyasi rahbari sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlikdan delegasiya yuborilishi MDHdagi hamkorlarimizning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarga katta qiziqishining tasdig‘i ekanligi qayd etildi.

MDH kuzatuvchilariga mamlakatimizda saylov qonunchiligini takomillashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini oshirish, siyosiy jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining Sammiti va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi natijalari, erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va MDH doirasidagi o‘zaro munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Kiritildi: 19:24 21.10.2021. O'qildi: 1751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!