Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasiga Abdulaziz Aqqulov rahbar etib tayinlandi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu lavozimda ishlab kelgan Umid Shodiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Abdulaziz Oqqulov 1985 yilda Jizzaxda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. U faoliyati davomida Turizm va sport vazirining o‘rinbosari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. Ushbu tayinlovga qadar u O‘zbekistonning BAAdagi elchisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Turizm qo‘mitasi 2023 yil iyul oyida tashkil etilgan bo‘lib, Umid Shodiyev uning ilk rahbari bo‘lgandi. Sobiq raisning yangi ish joyi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Kiritildi: 22:06 24.12.2025. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!