Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi vise-prezidenti etib saylandi

Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi vise-prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA) vise-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Sport vazirligini matbuot xizmati xabar qilmoqda.

11 aprel kuni Termiz shahrida Xalqaro kurash assosiasiyasi ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ijroqo‘m a’zolari kurashning vatani bo‘lgan mamlakat O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun yangi IKA vise-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilgan.

IKA prezidenti Haydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi vise-prezidenti etib saylandi

Foto: Sport vazirligi

Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi vise-prezidenti etib saylandi

Foto: Sport vazirligi

Xalqaro kurash assosiasiyasining ijroqo‘m yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.

Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assosiasiyasi vise-prezidenti etib saylandi

Kiritildi: 07:07 12.04.2021. O'qildi: 2924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!