OFK tomonidan o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida Abbosbek Fayzullayev «Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» sifatida e’tirof etilgan edi.
Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida Ventyan shahrida bo‘lib turgan futbolchiga O‘FA rahbariyati tomonidan ushbu mukofot topshirildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 19 noyabr kuni Laos poytaxtida KXDRga qarshi JCH-2026 saralash 6-turi doirasida maydonga tushadi.