SSKA va O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev "Rubin"ga qarshi o‘yindan keyin Parijda o‘tadigan Olimpidada ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berib o‘tdi.
– Olimpiadaga borasizmi?
– Buni hali muhokama qilmadik. Hozir bor e’tiborimni SSKAga qaratganman. Kubokni yutmoqchimiz. "Zenit"ni mag‘lub eta olamiz, deb o‘ylayman", — deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 jamoasi Qatarda o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Abbos Fayzullayev kelishuvga muvofiq yarimfinaldan so‘ng Moskva klubi ixtiyoriga qaytgandi. SSKA Rossiya kubogi final bosqichi ilk uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.