Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

84 yoshida birinchi sinfga o‘qishga borgan ayol haqida eshitganmisiz?

84 yoshida birinchi sinfga o‘qishga borgan ayol haqida eshitganmisiz?

Olimlar odamlar 60 yildan keyin o‘zlarining hissiy va aqliy imkoniyatlarining cho‘qqisiga chiqishini va bu 80 yoshgacha davom etishini aniqlashdi.

Bu ma’lumotlar “The New England journal of Medleine” – “Yangi Angliya tibbiyot jurnali”da e’lon qilindi.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, jurnalning yozishicha, ruhiyat nuqtai nazaridan inson eng sermahsul yoshi 60 dan 70 yoshgacha, ikkinchi o‘rinda – 70-80 yosh, uchinchi o‘rinda 50-60 yosh. 50 yoshgacha inson o‘z salohiyatining cho‘qqisiga yetishga ulgurolmaydi.

Buni olimlar quyida keltirilgan misollardan ham bilsa bo‘ladi:

* Nobel mukofoti sohiblarining o‘rtacha yoshi – 62 yoshda;

* Dunyodagi yirik 100 ta kompaniyaning prezidentlarining o‘rtacha yoshi – 63 yoshda;

* AQShdagi yirik 100 ta cherkov pastorlari yoshi o‘rtacha – 71 yoshda.

Agar siz 60, 70, 80 yoshda bo‘lsangiz, buni umringizning oltin davri hisoblang, deydi olimlar. AQSH, Ispaniya va Norvegiya olimlari dunyodagi 195 mamlakat aholisining keksayish tezligini tadqiq va tahlil qildilar. Bu 1990 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Aniqlanishicha, dunyo bo‘yicha odamlarning qarish yoshi o‘rtacha 65 yoshini tashkil qilar ekan. Hammadan ko‘ra, odamlar Papua – Yangi Gvineyada tez qarishar ekan – 195 o‘rinda. U yerda qarish 45 yoshdan boshlanadi. Oxiridan ikkinchi o‘rinda – Afg‘oniston – 51 yoshda, Vanuat Respublikasida – 52 yosh. Keksayish kasalligi hammadan ham keyin Quvayt aholisida boshlanadi – o‘rtacha 75 yosh. Fransiya, Singapur, Yaponiya va Shveysariyada – 76 yosh. Reytingda Rossiya 160 o‘rinda, o‘rtacha umr – 59 yosh.

Inson organizmi resurslari odamlar o‘ylaganidan katta, deydi olimlar. Masalan, “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirgan Janna Kalman 122 yil umr ko‘rgan. Yaponiyalik Dziroemon Kimur 116 yil yashagan.

Kimani Maruga

Doimiy harakat, xushkayfiyat, aqliy va jismoniy mehnat maromi, to‘g‘ri ovqatlanish, chekish, spirtli ichimlik ichish, giyohvandlik kabi zararli illatlardan xoli bo‘lish uzoq umr ko‘rish va sog‘lom turmush tarzi mezonlaridir. Bunga amal qilib yoshi bir joyga borib qolganda ham hayot zavqini tuyib yashaganlar ko‘p. Misol uchun, keniyalik Kimani Maruga 84 yoshida birinchi sinfga o‘qishga borgan. Kambag‘alligi tufayli bolaligida o‘qiy olmagan ekan. Rossiyalik Krill Patrixin 89 yoshida Peru davlat universitetiga o‘qishga kirgan. Amerikalik Gleni Xols 93 yoshida maktab partasiga qaytgan, 75 yildan keyin o‘rta ma’lumot haqida hujjat olgan. Italiyalik Juzeppi Poterna 96 yoshda Palerma universiteti talabasi bo‘lgan. AQShlik Dorit Denele 99 yoshda oliy o‘quv yurtini bitirib, ruhlanganidan magistraturaga o‘qishga kirgan.

Ruschadan Tog‘aymurod Shomurodov tarjimasi

Kiritildi: 03:00 27.01.2021. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!