Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

80 millionga yaqin ustama pullar to‘lab beriladigan bo‘ldi

80 millionga yaqin ustama pullar to‘lab beriladigan bo‘ldi

Nukus shahar 3-son oilaviy poliklinikada ishlovchi 33 nafar xodimning reyting baholash tizimi orqali to‘lanadigan oylik foizli ustamalar to‘lanmayotganligidan noroziligini bildirgan murojaati kelib tushdi, – deydi Nukus shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Oralbay Djumaniyazov.

– Murojaatda ko‘rsatilgan masalaga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganilganda, haqiqatdan ham xodimlarning 78 million 420 ming 654 so‘m miqdoridagi ustama puli to‘lanmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 252-moddasida rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar qatoriga ustamalar ham kirishi belgilangan. Ustama xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish bajarilganligi uchun amalga oshiriladigan va rag‘batlantiruvchi (kasbiy mahorat, uzoq muddat xizmat qilganlik, muayyan tashkilotdagi yoki tarmoqdagi ish staji uchun ustamalar va boshqalar) yoxud kompensasiya xususiyatiga ega pul to‘lovi ekanligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 21-moddasida xodimning huquqlari belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, xodimlar o‘z malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda ish haqi olish huquqiga ega. Ushbu kodeksining 25-moddasida esa, ish beruvchining majburiyatlari belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan ish haqini ushbu Kodeksga, jamoa shartnomasiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga, mehnat shartnomalariga muvofiq belgilangan muddatlarda to‘liq hajmda to‘lanishi shartligi belgilangan.

Shu bois, qonunchilik talablariga asosan to‘lanmayotgan ustama pullarni undirib berish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud qarori bilan Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan xodimlarning ustama pullari to‘lab berilishi belgilandi.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!