Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

70 ming AQSh dollariga yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

A A A
70 ming AQSh dollariga yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Fuqaro A.N.ning Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limiga qilgan murojaatiga asosan, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida I.I. Uchqo‘rg‘on tuman hududidan tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan issiqxona tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilgan 0,70 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonini 70 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Kiritildi: 17:48 09.08.2023. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!