Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

7 ta ekranli noutbuk ishlab chiqildi

7 ta ekranli noutbuk ishlab chiqildi

Britaniyaning Expanscape kompaniyasi 7 ta ekranga ega dunyodagi ilk noutbukni taqdim etdi. Aurora 7 deb nomlangan gadjet professionallar uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi Somag News nashri.

Noutbukning asosiy ekraniga yana beshta displey biriktirilgan bo‘lib, 7-ekran noutbuk klaviaturasi tagida joylashgan. 4 ta ekran 17,3 dyuym o‘lcham va 4K sifatga, qolgan 3 ta ekran esa 7 dyuym o‘lcham va Full HD sifatga ega.

Qurilmaning batafsil texnik ko‘rsatkichlari va narxi ma’lum qilinmagan. Ta’kidlanishicha, yangi gadjet 4 yadroli Intel i7 prosessorida ishlaydi va 64 Gbayt tezkor xotiraga ega.

Qurilmani ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, gadjet ustida hali ishlanmoqda va yaqin orada uning sotuvga mo‘ljallangan tayyor varianti chiqariladi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bunday kompyuter dasturchilar, kiberxavfsizlik va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi.

Kiritildi: 07:30 14.01.2020. O'qildi: 1856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!