Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) tomonidan para suzish bo‘yicha Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasini beruvchi yakuniy reyting e’lon qilindi.
E’tiborlisi, ushbu reyting natijalariga ko‘ra 7 nafar o‘zbekistonlik para suzuvchi Fransiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlariga jami 25 ta lisenziyani naqd qildi. Taqqoslash uchun, bundan avval Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para suzuvchilarimiz tomonidan 20 ta lisenziya qo‘lga kiritilgan edi.
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan para suzuvchilarimiz bilan tanishing:
Ayollar
Muslima Odilova
Shoxsanam Toshpo‘latova
Erkaklar
Dmitriy Xorlin
Muzaffar Tursunxo‘jayev
Islam Aslanov
Kirill Pannov
Firdavsbek Musabekov
Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining para suzish musobaqalari 29-avgustdan 7-sentyabrga qadar “Paris La Defence Arena”da bo‘lib o‘tadi.