Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

7 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

7 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Qarshi shahridagi ta’lim muassasalarining birida ombor mudiri sifatida faoliyat yurutuvchi 41 yoshli X.M. (ayol) firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi. U o‘zining yuqoridagi tanishlari orqali fuqaro T.B ning o‘g‘lini 7 ming AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan.

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. oldindan kelishilgan pulning 5000 AQSh dollarini fuqaro T.B dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28-modda orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:47 18.09.2023. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!