Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 369 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Shujayi, Bayt Lahiya, Jabaliya, Nuseyrat va Burij lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 43 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 41 965 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar Jabaliya lageriga qo‘shimcha kuchlarni o‘tkazmoqda. Ko‘chalarda o‘nlab jasadlar yotibdi.
▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: ishg‘olchilar 24 soat ichida 3 ta: Al-Avda, Kamal Advan va Indoneziya kasalxonalarini evakuasiya qilishni talab qildi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Tulkarm, Tubas, Jenin, Al-Xalil va Baytlahmga hujum qiladi. Bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar hibsga olindi.
▪️Al-Quds brigadalari Jabaliya lageri markazida bosqinchilarga hujum qildi va Merkava tanki portlatib yuborildi.
▪️Hizbulloh 16 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Eng keng ko‘lamlilari Hayfadagi harbiy ob’ektlarga 150 ta raketa uchirilishi, Sderot va Kiryat Shmonaga hujum bo‘ldi.
▪️Hizbulloh Livan bilan chegaradagi Labun hududi tomon yurishga uringan bosqinchilar otryadini yo‘q qildi.
▪️Bayrut chetidagi Dahiya tumani butunlay vayron qilindi.
▪️Bosqinchilar Damashq markazidagi turar-joy binosiga hujum qildi. 4 kishi halok bo‘ldi.
▪️The Washington Post: Netanyaxu Bayden bilan bevosita bog‘lanishga behuda urinmoqda.
▪️Isroil moliya vaziri Smotrich: Bu Isroil tarixidagi eng qimmat urush. Uning narxi hozircha 250 milliard shekelni (66 milliard dollar) tashkil etmoqda. Va davom etadi.
▪️Isroilning KodKod Newsnashri: HAMAS jangchilari qurollanish, jasorat va kuchlarimizga zarba berishga bo‘lgan jur’at borasida urush boshidagidek kurashmoqda va ularning jangovar darajasi pasaygani yo‘q, aksincha, oshib bormoqda.