Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

650 nafar insonning umriga zomin bo‘lgan fojia: Gresiyada 17 nafar qirg‘oq qo‘riqchisi ayblanmoqda

650 nafar insonning umriga zomin bo‘lgan fojia: Gresiyada 17 nafar qirg‘oq qo‘riqchisi ayblanmoqda

Gresiya harbiy-dengiz sudi 2023 yili muhojirlar to‘lgan kema halokati bo‘yicha qirg‘oq qo‘riqchisi sifatida xizmat qilgan 17 nafar shaxsga ayb qo‘ydi. Bu fojia so‘nggi o‘n yil ichida O‘rta Yer dengizi orqali ro‘y bergan eng ko‘p inson qurboniga olib kelgan migrasiya halokati hisoblanadi, deb yozadi BBC.

2023 yil 14 iyuniga qaragan tun “Adriana” nomli baliqchi kemasi muhojirlarni olib ketayotgan paytda Gresiyaning Pilos sohili yaqinida cho‘kib ketgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, halokat chog‘ida taxminan 650 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Fojiadan omon qolganlar BBCga bergan intervyularida, grek qirg‘oq qo‘riqchilari ularning qayig‘ini sudirab olib ketishga uringanida ag‘darilib ketganini, shundan so‘ng guvohlarni bo‘lgan voqeani yashirishga majbur qilganini aytgan.

“Bu ish bo‘yicha guvohlik berish va ayb qo‘yish uchun ikki yil kerak bo‘ldi, ammo bu fojianing guvohi bo‘lgan odamlar juda ko‘p edi”, – deydi tirik qolganlardan biri, Suriya fuqarosi Ahmad (ismi o‘zgartirilgan).

Kiritildi: 22:38 27.05.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!