Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

6 ta nomdagi tog‘ tizmasi, tog‘ va cho‘qqi qayta nomlanyapti

6 ta nomdagi tog‘ tizmasi, tog‘ va cho‘qqi qayta nomlanyapti

Ekologiya vazirligi tasarrufida bo‘lgan 121 ta geografik ob’ekt nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish rejalashtirilyapti. Shundan 6 tasiga yangi nom beriladi.

Qayd etilishicha, bu orqali tarixiy, madaniy va ilmiy asosga ega bo‘lgan nomlar saqlanadi va to‘g‘ri qo‘llaniladi. Loyihaga ko‘ra, mavjud ob’ektlar nomlari aniqlashtirilib, yangi nomlar beriladi va rasmiy hujjatlar, xaritalar hamda ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Hududlarda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, tog‘lar va tabiiy ob’ektlar xatlovdan o‘tkaziladi.

Nomlari yangilanayotgan o’ektlar quyidagilar:

  • Ohangaron tumani Chotqol tog‘ tizmasining sharqiy qismida, Kattasoy va Chiltonsoy daryolari yuqorisida joylashgan «Pioner» cho‘qqisi — «Yangiobod»;
  • Bo‘stonliq tumani Piskom tog‘ tizmasida joylashgan «Pingvin» cho‘qqisi — «Temirtosh»;
  • Ohangaron tumani Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan «Anna77» cho‘qqisi — «Egar»;
  • Bo‘stonliq tumani Piskom tog‘ tizmasining markaziy qismida joylashgan «Adelunga» cho‘qqisi — «Piskom»;
  • Qo‘shrabot tumani Nurota tog‘ining janubida joylashgan «G‘aybot» tog‘ tizmasi — «G‘oyibota»;
  • Nurobod tumani Zarafshon tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan «Childuxtaron» tog‘i — «Qirqqiz».
Kiritildi: 19:11 02.08.2025. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!