58 yoshli yarim himoyachi Kazuyoshi Miura faoliyatini yangi klubida davom ettiradi.
O‘tgan mavsumni Yaponiya 4-divizionida "Atletiko Sudzuka" safida o‘tkazgan dunyoning eng keksa futbolchisi 3-divizion vakili "Fukusima Yunayted" bilan bir yillik shartnoma asosida ijara asosida o‘ynaydi, deb xabar bermoqda Japan Today mahalliy OAVga tayanib.
Keyingi mavsum yaponiyalik uchun professional faoliyatidagi 41-mavsum bo‘ladi. Miura Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya, Portugaliyada o‘ynagan. Yaponiya terma jamoasi safida u 89 ta o‘yin o‘tkazib, 55 ta gol urgan.
O‘tgan mavsumda Kazuyoshi 7ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, "Atletiko Sudzuka" mintaqaviy ligaga tushib ketdi va turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab, pley-off bosqichida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Miure 59 yoshga to‘ladi.