Salvador huquq-tartibot idoralari xodimlari respublika qirg‘oqlari yaqinida ikki tonna kokainni musodara qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukele X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Unga ko‘ra, Estero-de-Jaltepeke ko‘rfazidan 752 km janubi-g‘arbda uch kolumbiyalik 50 million dollarlik giyohvand moddalarni olib ketayotgan kema qo‘lga olingan.
Bukelening ta’kidlashicha, so‘nggi sakkiz oy ichida Salvador huquq-tartibot idoralari xalqaro suvlarda 15 tonnadan ortiq kokainni musodara qilgan, ularning narxi taxminan 380 million dollarni tashkil qiladi.