Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

5 ta fandan test sinovlariga oid hozirgacha ma’lum bo‘lgan barcha mu’lumotlar

5 ta fandan test sinovlariga oid hozirgacha ma’lum bo‘lgan barcha mu’lumotlar

Kelgusi yilda 5 ta fandan test bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida (http://lex.uz/docs/4334802) belgilangan. Ya’ni bu masala allaqachon hal etilgan, faqat tartibi hozircha rasman tasdiqlanmadi xolos;

? Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

? Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

? ballarni hisoblash tizimida o‘zgarish bo‘lmaydi, avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Ya’ni har bir blokdan to‘plangan ballar qo‘shilib, umumiy ballni tashkil etadi va abituriyentlar mana shu 5 ta blokdan to‘plagan bali bo‘yicha o‘zaro kurashadi (ilgari uchta blokning umumiy bali olinardi). Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi;

? ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

? 5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

? 3 ta majburiy fan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlar uchun, shuningdek magistratura uchun taalluqli emas;

? 3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib bakalavriatning barcha ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

? majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

? majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

? asosiy blokdagi 2 ta fan uchun joriy yilgi test sinovlarida qo‘llangan fanlar majmuasining 3,1 hamda 2,1 ball berilgan dastlabki 2 ta fan olinmoqda. Masalan, tibbiyot yo‘nalishlari uchun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yo‘nalishlari uchun matematika va chet tili. Va h.k;

? ammo ming afsuski, hali aynan qaysi yo‘nalishda qaysi ikkita fan asosiy blokka kiritilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. O‘zgarishlar bo‘lib qolishi mumkin;

? hozircha test savollari tuziladigan darsliklar ro‘yxati ham rasman e’lon qilinmadi.

Yuqoridagi ma’lumotlar Davlat test markazi xabarlari asosida tayyorlandi.

Xushnud Xudoyberdiyev, bloger, huquqshunos

Kiritildi: 14:27 22.10.2019. O'qildi: 2929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!