Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

5 %li kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilarning farzandlari qancha ball to‘plagan?

A A A
5 %li kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilarning farzandlari qancha ball to‘plagan?

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati besh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatda jami 565 nafar talabalikka qabul qilinganlarning ism-familiyasi keltirilgan bo‘lib, ular orasida  20,10; 26,30; 28,40; 28,50; 29,70  ... ball bilan ham talabalikka qabul qilinganlar bor.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Prezidentning 2018 yil 14 maydagi qaroriga muvofiq ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda taqsimlanishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 avgustdagi 6-son bayoni qaroriga bilan davlat grantining minimal o‘tish bali 68,0 ball etib belgilangan.

Aniqlik kiritishlaricha, ro‘yxatdagilarning 280 nafari, ya’ni 68 balldan tepadagilar o‘qishga kirgan.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 12:26 28.09.2018. O'qildi: 7185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!