Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

5 kishilik oilaga rostdan ham 2 500 000 yetadimi? Hisoblab chiqdik

5 kishilik oilaga rostdan ham 2 500 000 yetadimi? Hisoblab chiqdik

Ayni damda "XDP" raisining "5 kishilik oilaga bir oyda 2,5 mln so‘m yetadi", degan gapi shov-shuv bo‘lmoqda. Raisning gapiga ko‘ra, bu iste’mol savatchasiga qarab hisoblab chiqilgan ekan.

Xo‘p, buni hisoblaganlar narxni qanday belgilagan, bilmadik, ammo biz bitta oilaga doimiy kerak bo‘ladigan mahsulotlar va xizmatlar narxini hisoblab chiqdik.

"ANIQ.UZ"ning hisob-kitobiga ko‘ra, uy o‘ziniki bo‘lgan, 5 kishidan iborat oila bir oyda 2 291 000 so‘mga yashashi mumkin. Ammo buning uchun bir kilodan ortiq go‘sht, shirinliklar, grechka, sabzi, garox, poliz ekinlari (pomidor, bodiring) yemasligi, quruq choy, tuz ishlatmasligi, ishga yoki o‘qishga boradiganlar esa 10 000 so‘mdan ko‘piga ovqatlanmasligi kerak. Aytgancha, biz hali har oy telefonga to‘lanadigan pul (kamida uch kishi telefon ishlatadi va agar ayol telefon ishlatmasa, uy telefoni ishlaydi), kutilmaganda mehmon kelib qolsa qilinadigan xarajat, maktab formasi yoki qish oldidan olinadigan kiyim-kechaklar va yana boshqa to‘lovlarni inobatga olmadik. Vaholanki, kiyim-kechak ham oilaning majburiy xarajatiga kiradi. Agar biz yuqoridagi summaga bularni ham qo‘shsak, eh-he...

Bundan tashqari, oyda hech bo‘lmaganda bir marta biror joyga borib, dam olish, bolalarni xiyobonlarga olib borib aylantirib kelish, bir oyda bir marta ko‘chada ovqatlanish kabi istaklar ham bor, biz bunga haqlimiz.

Endi XDP partiyasi rahbari va "bir oilaga 2,5 mln yetishi"ni hisoblagan iqtisodchilarga murojaat qilamiz: o‘sha hisob-kitobingizni qanday amalga oshirdingiz, biz ham bir tanishib chiqaylik. 

  

Kiritildi: 17:26 12.11.2019. O'qildi: 12006 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!